Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

«Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish» konferensiyasidan faktlar

08-10-2021 54

    Bugun dunyoda yoshlar aholining misli ko‘rilmagan darajada ko‘pchilik qismini, ya’ni 2 milliard nafarni tashkil qilmoqda.

    O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan taniqli siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong suhbat chog‘ida bir fikrni afsus bilan ta’kidladi. Sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil etsada, butun dunyo bo‘yicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga ham yetmas ekan. Oliy martabali mehmon O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 6 foizdan oshganini yuqori baholadi. Bu — katta e’tirof, albatta.

    Butunjahon konferensiyasida qatnashgan xorijiy ishtirokchilarning umumiy soni — 40 dan ortiq mamlakatdan 150 dan ziyod vakil, milliy ishtirokchilar esa 350 dan ortiq kishidan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar orasida:

    13 ta xalqaro va 7 ta mintaqaviy tashkilot;

    11 ta xalqaro nodavlat notijorat tashkilot;

    15 ta xorijiy davlatning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari;

    7 mamlakatdan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha parlamentlar va davlat idoralari;

    5 mamlakatdan ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari;

    15 mamlakatdan yoshlar tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari;

    O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan 20 dan ortiq diplomatik missiya vakillari bor.

    Eng asosiysi, ishtirokchilarning 70 foizdan ziyodi yoshlardir.

    O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan 20 dan ortiq diplomatik missiya vakillari bor.

    Eng asosiysi, ishtirokchilarning 70 foizdan ziyodi yoshlardir.